O‘zbekistonlik talabalar Isroildan evakuatsiya qilindi
Ular o‘qishini onlayn davom ettirishadi.

Bugun, 15 oktyabr kuni o‘zbekistonlik talabalar Isroildan evakuatsiya qilindi.
Elchixona maʼlumotlariga ko‘ra, Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketishgan.
Institut bilan talabalarning o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.







