Ukrainaliklar NATO va Yevroittifoqga kirishdan umidvor
Ular 10 yil ichida o'z mamlakatlari ikkita G‘arbiy blokning bir qismi bo‘lishiga ishonchi komil.

Ba'zi murakkab muammolar va sekin taraqqiyotga qaramay, ukrainaliklar keyingi o'n yil ichida NATO va Yevropa Ittifoqiga qo'shilishni kutmoqda.
E'lon qilingan so'rovnomaga ko'ra, ukrainaliklarning 69 foizi o'z mamlakatlari 10 yil ichida NATOga a'zo bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonadi.
Shuningdek, ukrainaliklar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga ham xuddi shunday optimizm bilan qarashadi, har to‘rt kishidan uch nafari o'z mamlakati bu tashkilotlarning bir qismi bo‘lishiga amin.10 kishidan bittasi bu hech qachon sodir bo'lmaydi, deb hisoblaydi.
Soʻrov iyul-sentabr oylarida, NATO Ukrainani AQSh boshchiligidagi harbiy alyansga qabul qilish imkoniyatini eʼlon qilgandan soʻng oʻtkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainaliklarning 64 foizi urushning dastlabki oylaridayoq bunday bayonotni kutishgan.
Garchi alyansning amaldagi qator a’zolari uning taklifini qo‘llab-quvvatlasa ham, mutaxassislar Ukraina yaqin orada NATOga qo‘shilmasligini aytishgan.
2023-yilda o‘z mamlakatlari yaqin 10 yil ichida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga ishonadigan ukrainaliklar soni o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarmagan va 73 foizni tashkil etgan.
Tadqiqot Ukrainada G‘arb davlatlariga munosabat qanday o‘zgarib borayotganini ham ko‘rsatdi.
Urushning dastlabki oylarida Amerika rahbariyatini ma’qullash rekord daraja – 66 foizga yetdi va bu har qanday davrdagidan yuqori.
Garchi respondentlarning 53 foizi hamon mamlakat haqida ijobiy fikrda bo‘lsa ham, AQSh respublikachilarning Ukrainaga yordam berishdagi qattiqqo‘l
siyosati kuchayib borayotgani hamda AQShning Kiyevni NATOga qabul qilishda ikkilanishi fonida Vashingtonga munosabat yomonlashdi.
Bu ikki omil Ukrainada AQSh imijiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noaniqlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bilan birga, Germaniya rahbarlariga nisbatan ijobiy keskin fikrlar ko'paydi. Xitoy rahbariyatini ma'qullash 8 foizga tushib ketdi.
Harbiy operatsiya boshlanganidan to‘rt kun o‘tib, 2022-yilning 24-fevralida Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun ariza berdi.
O‘tgan yilning sentabrida Rossiya Ukrainaning to‘rtta viloyatini anneksiya qilganidan so‘ng NATOga a’zo bo‘lish istagini e’lon qilgan edi.
NATOning amaldagi aʼzolari Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya, Estoniya, Latviya, Litva, Chernogoriya va Shimoliy Makedoniya uning taklifini qoʻllab-quvvatladi, biroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg iyuldagi sammit oldidan Kiyev avvalo Rossiya bilan urushda gʻalaba qozonishi kerakligini aytdi.
Xususan, Ukrainaning kelajakda NATOga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar dekabr oyidayoq boshlanishi mumkin. Biroq mutaxassislarning fikricha, chuqur tuzilmaviy muammolar, jumladan, korrupsiyadan aziyat chekayotgan mamlakatning tez orada blokka qo'shilishi dargumon.
Bu qanday va qachon sodir bo'lishi haqidagi savol haligacha noaniq bo'lsa ham, NATO va Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yuborgan xabari aniq: ikkalasi ham Ukrainaning kelajagi ular bilan deb hisoblashadi.







