Jahon

Bekxemlar mashhurligi siri nimada?

Devid va Viktoriya Bekxemlar juftligi o‘z nomini brend darajasiga olib chiqa olgan yulduzlar sifatida tilga olinadi.

Bekxemlar mashhurligi siri nimada?

 

Devid va Viktoriya Bekxemlar juftligi o‘z nomini brend darajasiga olib chiqa olgan yulduzlar sifatida tilga olinadi. Juftlik haqida hatto Netflix serial ishladi.

 

Ular shou-biznesning elita qatlamiga mansubdir. Angliya terma jamoasining sobiq kapitani hamda Spice Girls guruhi sobiq aʼzosining mashhurlik siri nimada?

 

90 yillar oxirida paydo bo‘lgan Bekxemlar brendi tez orada jahon miqyosiga chiqdi. Viktoriya va Devid o‘z shuhratini birlashtirib, uni anchagina katta kapitalga aylantirib oldi.

 

Sunday Times hisob-kitobiga ko‘ra, ayni paytda ularning boyligi 500 mln yevroga yetadi.

 

Qanday qilib ular bunga erishdi, degan savolga esa tahlilchilar quyidagicha javob beradi: ularning har biri avvaldanoq alohida mashhur edi.

 

Turmushga chiqishdan avval Viktoriya Adams mashhur musiqiy guruh yakkaxoni edi. Devid Bekxem esa "Manchester Yunayted"ning porlayotgan yulduzi. Ammo to‘ygacha ularning shuhrati bu darajada emas edi. Devid rivojlanayotgan paytda futbolchilar endi yulduzga aylanayotgan edi. U paytda futbolchilar yuz kremlari, krossovkalar yoki mobil telefonlar reklamasida endi paydo bo‘lishni boshlagan edi. Bekxem ham shu yo‘lni tanladi. Odamlar uni jurnallar, televideniye va Internetda ko‘ra boshladi.

 

Viktoriya esa pop sahnada porlayotgan edi.

 

Spice Girls guruhi parchalangandan so‘ng ham u mashhurligini yo‘qotmadi, aksincha, futbol yulduzining rafiqasi sifatida tez-tez kamera qarshisida paydo bo‘ldi. Bundan u unumli foydalanib o‘z kiyim brendiga asos soldi.

 

Juftlik o‘z to‘yidan ham foyda olgan. Kelin-kuyov eksklyuziv rasmlar uchun Britaniya jurnallaridan 1 mln funt sterling olgan.

 

Devid esa bir muddat mashhur brendlarga homiylik qilgach, o‘z parfyumeriya brendiga asos soldi. Hozir u atir, aksessuarlar sotish va bir necha investitsiya kompaniyalarini boshqarish bilan shug‘ullanadi.

 

Bir necha millionlik shartnomalardan tushgan daromadni sobiq futbolchi Amerika futbol ligasi aksiyalariga egalik qilishga sarflagan.

 

Juftlik egalik qiladigan Beckham Brand Holdings Limited kompaniyasi 2021 yilda 22 mln yevrodan ko‘p daromad olgan.

 

Viktoriya 2006 yilda jinsi kiyimlarning birinchi kolleksiyalarini dVb (David and Victoria Beckham) markasi bilan ishlab chiqardi. Ammo tez orada, 2008 yilda Nyu-Yorkdagi moda haftaligida Victoria Beckham brendi ostida qatnashdi.

 

Internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi bilan Bekxemlar ham bizneslarini kengaytirib bordi.

 

Ular hatto kichik farzandining kasalligidan ham foydalana olgan. 90 yillar oxirida u o‘g‘li kasalligi tufayli qator mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi va bu haqda o‘z intervyularida to‘lqinlanib gapirdi.

 

O‘tgan yili ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Bruklin amerikalik mashhur sanoatchi va milliarderning qizi Nikol Peltsga uylandi. Ota-onasining to‘yida bo‘lgani kabi bu safar ham matbuot eksklyuziv rasmlar uchun kurashdi. Mish-mishlarga ko‘ra, buning uchun 3,5 mln yevro to‘langan. O‘z nomidan pul qilish sanʼati ota-onadan farzandlarga ham o‘tgan ko‘rinadi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"