Jahon

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi

Avval Anqara noroziligi sabab Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi kechiktirilgandi.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi

 

Turkiya prezidenti Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi. Hujjat Majlisga (parlament) tasdiqlash uchun yuborilgan.

 

Dastlab, kurd faollarining Shvetsiyada boshpana topganidan Anqara noroziligi tufayli Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi kechiktirilgan edi.

 

Erdog‘an iyul oyida Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga taqdim etishga rozi bo‘lgandi.

 

O‘shanda Turkiya prezidenti agar Yevropa Ittifoqi o‘z mamlakatining ittifoqqa aʼzoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlasa, Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytgan.

 

“Men Turkiyani 50 yildan ortiq Yevropa Ittifoqi eshigi oldida kutib turganlarga murojaat qilaman: Turkiyaga yo‘l oching, biz esa Shvetsiyaga yo‘l ochib beramiz”, — degan edi yetakchi yozda Litvada nato sammiti oldidan.

 

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq u buni Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi bilan bog‘lagandi.

custom img

Rossiya armiyasi yana kengaytiriladi: Putin yangi farmonni imzoladi

Qurolli Kuchlarning shtatdagi umumiy soni 2,44 million kishidan oshirildi.

custom img

“Men ularga hech narsa taklif qilganim yo‘q”: Tramp Eron sanksiyalarini yumshatish taklifini rad etdi

AQSH prezidenti muzlatilgan aktivlarni ochish taklifi berilgani haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"