O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaligi ma’lum qilindi

Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaligi ma’lum qilindi

 

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 million so‘mni tashkil etdi.

 

Unga ko‘ra, 2023-yilning yanvar—sentabr oylarida qayd etilgan mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,1 foizga oshgan.

 

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatildi — qariyb 7,2 million so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni Navoiy (5,7 million so‘m) va Toshkent viloyatlari (4,4 million so‘m) egalladi.

 

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi — 3,2 million so‘m. Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida ham past ko‘rsatkich kuzatilgan.

 

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi quyidagicha:

Toshkent shahri — 7 186 900;

Navoiy viloyati — 5 750 300;

Toshkent viloyati — 4 419 200;

Andijon viloyati — 3 850 400;

Buxoro viloyati — 3 785 800;

Xorazm viloyati — 3 649 300;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 638 200;

Sirdaryo viloyati — 3 533 600;

Jizzax viloyati — 3 388 400;

Farg‘ona viloyati — 3 340 400;

Surxondaryo viloyati — 3 314 200;

Samarqand viloyati — 3 298 900;

Namangan viloyati — 3 258 800;

Qashqadaryo viloyati — 3 200 800.

 

2023-yil yanvar—sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasiga to‘g‘ri kelib, 12,7 million so‘mni tashkil etdi. Axborot va aloqa sohasi 10,3 million so‘mni, tashish va saqlash sohasi 6,7 million so‘m va sanoat sohasi 5,4 million so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi. Ta’lim (3 million so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,9 million so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda qayd etildi.

 

O‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 080 888 nafar xodim ma’lumotlaridan foydalanilgan.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"