Jahon

HAMAS Moskvada. Kutilmagan tashrifdan maqsad nima?

Isroil bu tashrifdan Rossiyaga keskin norozilik bildirdi.

HAMAS Moskvada. Kutilmagan tashrifdan maqsad nima?

 

HAMAS delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi. RIA Novosti maʼlumotlariga ko‘ra, delegatsiyaga HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Abu Marzuk boshchilik qilmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi HAMAS vakillarining Moskvaga tashrifini tasdiqladi. Tashrif maqsadlari aniqlashtirilmagan. 

 

Rossiya anʼanaviy ravishda HAMAS bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Dunyoning boshqa ko‘plab davlatlaridan farqli o‘laroq, bu guruh Rossiya Federatsiyasida terrorchi hisoblanmaydi. HAMAS delegatsiyalari muntazam ravishda Moskvaga tashrif buyurishadi. Bu safar G‘azo sektorida jangarilarning Isroilga hujumi va asirlarni garovga olishi oqibatida yuzaga kelgan yangi urush boshlanganidan beri birinchi tashrif bo‘ldi.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi HAMAS delegatsiyasi bilan muzokaralar mavzularidan biri haqida gapirdi:

 

"HAMAS islomiy qarshilik harakati Siyosiy byurosi aʼzosi Abu Marzuk Moskvada. U bilan G‘azo sektorida joylashgan xorijlik garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish bo‘yicha Rossiya liniyasining davomi bo‘yicha aloqalar bo‘lib o‘tdi hamda Rossiya va boshqa xorijiy fuqarolarni Falastin anklavidan evakuatsiya qilishni taʼminlash masalalari muhokama qilindi", — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 

Isroil tomoni esa HAMAS vakillarini Moskvaga borgani munosabati bilan Rossiyaga keskin norozilik bildirdi. 

 

"Isroil XAMASning yuqori martabali mulozimlarini Moskvaga taklif qilishni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va HAMAS terrorchilarining vahshiyliklarini qonuniylashtiradigan nomaqbul qadam deb hisoblaydi", — deydi Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat. 

custom img

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

Tomonlar bir davlatga qarshi qurolli hujumni uchalasiga qarshi hujum sifatida ko‘rishga kelishdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi (Tahlil)

To‘qayev Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi. To‘qayev buni qanday epladi?

custom img

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi

AQSH olimlari sun'iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virusni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

custom img

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

AQSh prezidenti mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, bola orqali fuqarolik olish amaliyotini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

custom img

Quvayt mamlakatdagi yagona Eron maktabini yopdi

Rasmiy sabab ochiqlanmagan bo‘lsa-da, qaror mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilingani qayd etilmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

custom img

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

custom img

Rossiyada xorijliklar soni bir yilda 8,6 foizga kamaydi

Noqonuniy migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilib, 850 mingdan ortiq kishi maxsus reyestrga kiritilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"