O'zbekiston

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda

Butun mamlakat bo‘ylab eng chekka va olis hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan butun mamlakatimiz bo‘ylab eng chekka va olis hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Ushbu topshiriqqa asosan Respublika ishchi guruhi shakllantirilib, uning tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari hamda viloyat hokimliklari, tashkilot va idora masʼullari kiritildi. 

 

O‘tgan bir yarim oy mobaynida Respublika ishchi guruhi  boshchiligida tanlangan 70 ta “qizil” toifadagi mahallalarda uyma-uy hatlovlar o‘tkazilib, natijalari asosida har bir hudud kesimida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.

 

Jumladan, sharoiti o‘ta og‘ir bo‘lgan 2 mingdan ziyod oilalarning turar joylari joriy va kapital taʼmirlab berildi, 459 tasida kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.

 

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, 554 ta ichki ko‘chaga 78 km uzunlikda asfalt, 293 km yo‘l shag‘al, 16 km yo‘lga beton yotqizilib, 18 946 m2 piyodalar yo‘lagi barpo etildi.

 

Elektr taʼminotida 125 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 895 dona yoritish moslamalari o‘rnatildi, 46 ta yangi transformator o‘rnatilib, 163 tasi taʼmirlandi, 4 288 ta simyog‘och ustunlar beton ustunlarga almashtirildi, 1 363 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

 

Gaz taʼminoti bo‘yicha 112 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi, 4 km uzunlikdagi yangi tabiiy gaz tarmog‘i tortildi, 128 km gaz tarmog‘i taʼmirlandi,

 

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 133 km uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortildi, 9 km taʼmirlandi, 6 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi va 16 tasi taʼmirlandi.

 

Ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash uchun 20 ta ko‘p qavatli uyning 243 m2 tom qismi, 24 tasining kirish yo‘laklari taʼmirlandi.

 

Aholi talabiga ko‘ra 2 mingga yaqin xonadonga qo‘shimcha 1,5 ming tonna ko‘mir va 12 mingga yaqin suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

 

Sharoiti og‘ir bo‘lgan aholi qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalariga ham Respublika ishchi alohida eʼtibor qaratdi.

 

Xususan, 70 ta mahalladagi 4 mingga yaqin aholining bandligi taʼminlandi, 716 nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilarga 2 mlrd. so‘mga yaqin turli yordamlar ko‘rsatildi,  54 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 60 nafariga protez-ortopediya vositalari, 5,2 ming nafariga bepul dori-darmon vositalari, 137 nafariga tikuv mashinasi va 102 nafar fuqaroga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.

 

Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida 100 mingga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra ularning 703 nafariga davolanish uchun order, 40 nafarga sihatgoh, sanatoriya va profilaktoriyalarga yo‘llanma berildi, 31 nafar yakka yolg‘iz keksalarga hamda 190 nafar nogironlarga turli yordamlar ko‘rsatildi.

 

Shu bilan birga aholi orasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 581 nafar fuqaroga 10 mlrd. 645 mln. so‘mlik imtiyozli kredit, 245 nafariga 1mlrd 590 mln so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi.

 

Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida 4 mingdan ziyod tadbirlar tashkil etildi. Farzand tarbiyasi, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish, kitobxonlik targ‘ib qilish, sport tadbirlari “Uch avlod uchrashuvlari”ga bag‘ishlangan tadbirlar shular jumlasidan. Tadbirlar natijasida  174 ta oiladagi notinch va nizoli holatlar bartaraf etildi.

 

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda | Zamon.uz