Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga yana bir bor murojaat bilan chiqdi.

Diplomatik missiya “murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʼtiborga olib”, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish, raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni so‘radi.
“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Konsullik bo‘limi ishonch telefonlari: 03−672−2466, 03−672−2371, 03−758−5075, 03−758−5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: 972 54 485 1397.
Avvalroq O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘ragandi.







