Jahon

Konchilik — eng xavfli kasblardan biri

Dunyo bo‘ylab har yili konlarda yirik falokatlar sodir bo‘ladi.

Konchilik — eng xavfli kasblardan biri

 

Bugun, 28 oktyabr kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida avariya yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, konda gaz-metan portlashi sodir bo‘lgan. 252 konchidan 208 nafari yer yuzasiga olib chiqildi, ulardan 18 nafari tibbiy yordamga muhtoj.

 

Shaxtada 21 nafar konchi qolgan. 32 nafar konchining jasadi topilgan. Konning egasi ArcelorMittal Temirtau (AMT) kompaniyasi bo‘lib, unga tegishli shaxtada 2023 yil avgust oyida ham avariya yuz bergandi.

 

Aslida konchilik jahondagi eng xavfli kasblar ro‘yxatida yetakchi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab konlarda bunday yirik falokatlar har yili sodir bo‘ladi. Ularning ayrimlari bilan tanishing.

 

24 sentyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjoun provinsiyasidagi ko‘mir konida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan.

 

14 mart kuni Kolumbiyaning Sutatausa munitsipalitetida portlash sodir bo‘lib, kamida beshta ko‘mir shaxtasiga taʼsir ko‘rsatdi. Portlash vaqtida tunnellarda 30 dan ortiq konchi bo‘lgan. 11 kishi halok bo‘ldi.

 

2022 yil 9 dekabr kuni Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra provinsiyasidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lib, 10 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi.

 

2020 yilning 14 oktyabr kuni Turkiya shimolidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. 300 metr chuqurlikda 115 ishchi bo‘lgan, ularning bir qismi evakuatsiya qilingan. 41 kishi halok bo‘ldi.

 

20 aprel kuni esa Polshadadagi Pnivek konida metan portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va yetti kishi bedarak yo‘qoldi. Keyinchalik polshalik qutqaruvchilar beshta konchining jasadini topishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

2021 yil 25 noyabr kuni Kemerovo viloyatining Belovo shahridagi Listvyajnaya konida metan portlashi sodir bo‘ldi. Portlash paytida 285 kishi yer ostida edi, ularning aksariyati tashqariga chiqarildi. Hodisa oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan. Rostexnadzor maʼlumotlariga ko‘ra, avariyaning asosiy texnik sabablari havo yetishmasligi sababli lavaning gazlanishi, portlovchi muhitda elektr jihozlarining ishlashi, gazni tahlil qilish tizimining ishlashiga apparat va dasturiy taʼminotning aralashuvi bo‘lgan.

 

2020 yil 22 oktyabr kuni Indoneziyaning Sumatra orolidagi ko‘mir konida ko‘chki sodir bo‘ldi. Hodisa konchilar litsenziyasiz shaxtadagi maʼlum bir kon maydoniga borishga urinayotgan paytda yuz bergan. 11 konchi halok bo‘ldi.

 

27 sentyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi ko‘mir konida uglerod oksidi chiqishi sodir bo‘ldi. Hodisa erta tongda shaxtada 17 kishi bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar qamalib qolgan barcha konchilarni chiqarib olishdi, biroq faqat bir kishi qutqarildi, qolgan 16 kishi halok bo‘ldi.

 

2019 yil 17 dekabrga o‘tar kechasi Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi ko‘mir konida gaz chiqishi sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida shaxtada 23 kishi bo‘lgan, yetti kishi chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 14 konchi halok bo‘ldi.

 

2018 yil 20 dekabr kuni Chexiyaning Karvina shahri yaqinidagi ko‘mir konida metan portlashi sodir bo‘ldi. Hududda jami 23 nafar konchi ishlagan, ulardan ikki nafari Chexiya, qolganlari Polsha fuqarolari bo‘lgan. Favqulodda hodisada 13 nafar konchi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi.

 

12 avgust kuni Pokistonning Balujiston viloyatidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lib, qulab tushdi. 12 ishchi halok bo‘ldi. Qutqaruv operatsiyasi davomida kislorod yetishmasligi sababli hushsiz holatda topilgan 16 kishini qutqarilgan. Yana besh nafar konchining taqdiri nomaʼlum.

 

2017 yil 7 may kuni Xunan provinsiyasidagi ko‘mir konida gaz chiqishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Favqulodda vaziyat vaqtida konda 55 nafar konchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 37 kishini tashqariga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

 

2016 yil 29 dekabr kuni Hindistonning Jxarxand shtatidagi ko‘mir konida shaxta qulashi sodir bo‘ldi. 16 konchi halok bo‘ldi.

 

3 dekabr kuni Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston avtonom viloyatidagi ko‘mir konlaridan birida portlash sodir bo‘ldi. 17 konchi halok bo‘ldi.

 

2015 yil 17 dekabr kuni Xitoyning Xuludao shahridagi tog‘-kon kompaniyasining shaxtalaridan birida payvandlash ishlari natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. 13 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi yaralandi.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"