Siyosat

Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi

Bitim Anqara shahrida 2023-yil 16-martda imzolangan edi.

Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi

 

O‘zbekiston Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.

 

Bitim Anqara shahrida 2023-yil 16-martda imzolangan edi.

 

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekistonning Turkiy investitsiya jamg‘armasidagi ulushini bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan, uning boshlang‘ich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bitimning bajarilishi uchun mas’ul vakolatli organ etib, Markaziy bank bitim bo‘yicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi | Zamon.uz