O'zbekiston

Uchtepa tumanida erkak liftda qizchaga tegajog‘lik qildi

Zo‘ravonlikka uchragan qizchaning qarindoshi Nemolchi.uz'ga murojaat qilgan.

Uchtepa tumanida erkak liftda qizchaga tegajog‘lik qildi

 

Nemolchi.uz tahririyatiga zo‘ravonlikka uchragan qizchaning qarindoshi murojaat qilgan:

 

"O‘tgan hafta juma kuni taxminan soat 16:00-17:00 larda 10 yoshli jiyanim Uchtepa tumanidagi maktabdan, shu mahallada joylashgan uyiga qaytayotgan edi.

 

Uning orqasidan liftga taxminan 25-30 yoshlardagi yigit birga liftga kirdi. Keyin to‘qqizinchi qavat tugmasini bosib (jiyanim pastgi qavatda yashaydi), “singlim, to‘qqizinchi qavatga chiqamiz, keyin o‘zing ketasan”, deydi. Ular 9-qavatga yetib kelishganda, u liftdan chiqib, atrofga qaragan va endi birinchi qavatga tushishlarini va qiz xohlagan joyiga borishini aytib, yana liftga qaytib kiradi.

 

Ular birinchi qavatga yetib kelguncha liftdan tushayotganda u qizchaning jinsiy aʼzosiga tegishni va tegajog‘lik qilishni boshlaydi, u qizning intim joylariga tegib chimchilab oladi va lift pastgi qavatga tushganda tezda liftdan chiqib ketadi.

 

Biz uchastka noziriga kameralarni ko‘tarishni iltimos qilib murojaat qildik. Maʼlum bo‘lishicha, u yigit bino kiraverish eshigidan chiqib, yaqin joyda turgan “Matiz” rusumli avtomashinaga o‘tirgan.

 

Shundan so‘ng, 102 raqami orqali ichki ishlar xodimlariga ariza berildi.

 

Hech qancha vaqt o‘tmay bizga qo‘ng‘iroq qilib, Uchtepa tumani GOMga taklif qilishdi. U yerga yetib kelgach, qizning ota-onasi va uning o‘zini qo‘lga olingan shaxsning shaxsini tasdiqlash uchun ichkariga olib kirishadi. Qo‘lga olingan shaxs haqiqatan ham o‘sha “pedofil” bo‘lib, uni jiyanim tanib qoladi. Shundan so‘ng, IIB xodimlari qo‘lga olingan shaxsning nopok harakatlari yuzasidan ariza yozishni so‘rashdi. Ariza yozib bo‘lingach, ish prokuraturadagi tergovchiga o‘tkazilishini tushuntirishdi..."

 

Qizchaning qarindoshlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi aybdor deb topilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

"Adolat qaror topib, aybdor qonun doirasida jazolanishiga umid qilamiz", deyiladi Nemolchi.uz xabarida.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"