Falastin prezidentining mashinasiga hujum qilindi
Hujumda qurbon bo‘lganlar bor.

Nomaʼlum shaxslar Falastin prezidenti Mahmud Abbosning mashinasiga hujum qildi. Oqibatda Falastin yetakchisining tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan.
Turkiya nashrlarining yozishicha, “Abu Jandal o‘g‘illari” nomli tashkilot hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Tasdiqlanmagan maʼlumotga ko‘ra, bir kun avval Abbosga G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish uchun bir kun muhlat bergan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Falastin prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar anklavdagi vaziyatni muhokama qilishdi. Uchrashuvda Abbos Isroil mojaroni to‘xtatishi kerakligini aytdi.







