Jahon

Gollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi

Aktyorlar kasaba uyushmasi ish beruvchilar bilan umumiy qiymati 1 milliard dollardan oshiq «favqulodda miqyosdagi» kelishuvga erishdi.

Gollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi

 

AQSH Televideniye va radio artistlari federatsiyasi hamda Kinoaktyorlar gildiyasi (SAG-AFTRA) Kino va televideniye prodyuserlari alyansi (AMPTP) bilan o‘z aʼzolariga 9 noyabr, payshanba kunidan boshlab 118 kunlik ish tashlashni tugatishga imkon beruvchi taxminiy kelishuvga erishganini maʼlum qildi. SAG-AFTRA‘ning X (sobiq - Twitter) sahifasida eʼlon qilingan bayonotda: "biz 1 milliard dollardan ortiq favqulodda qiymatdagi kelishuvga erishdik", deyiladi.

 

Shartnoma minimal to‘lovlarni oshirishni, federatsiya aʼzolarini "sunʼiy intellekt tahdidlari"dan himoya qilish choralarini o‘z ichiga oladi va birinchi marta "oqimli efirdagi ishtirok uchun bonusni" o‘z ichiga oladi.

 

Taxminan 160 000 kishidan iborat aktyorlar kasaba uyushmasi 14 iyul kuni ish tashlashni boshladi, bu AQSH kinosanoatidagi barcha ishlab chiqarishni amalda to‘xtatdi. Aktyorlar maoshlarni oshirish, qo‘shimcha ishlaganlik uchun kompensatsiya to‘lash va kinoda sunʼiy intellektdan foydalanishni cheklashni talab qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, ssenariy mualliflarining ish tashlashi Gollivud iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi.

 

Financial Times nashrining yozishicha, Gollivud ssenariy mualliflari va aktyorlarining ish tashlashi sohaga 5 milliard dollardan (taxminan 4,7 milliard yevro) zarar yetkazgan.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga zarba berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi bir kecha davomida 457 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"