O'zbekiston

Toshkentda yangi tuman tashkil etilmoqda

Bu bo‘yicha qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Toshkentda yangi tuman tashkil etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahar tarkibida Yangi Toshkent tumanini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari o‘zgartirilishi; Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari), O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilgan yer maydoni, shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Istiqbol”, “Darxon”, «Usmonobod», “Navoiy”, «Jaloltepa», “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, «Xvan T.G», “Yashnobod”, «Uch chinor», “Nurafshon”, «Mirobod», “Fayziobod”, «A.Yassaviy», “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, «Iyk-ota», “Birlik” MFY hududlari hamda “Istiqlol”, “Gulobod”, “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, «Qorasuv», «Oq ovul», “Maʼrifat”, «Jumabozor», «Nurli yo‘l», “Farovon”, «Yangi hayot», “Saxovat”, «Qizilsoy» MFY hududlarining bir qismi va O‘rta Chirchiq tumanidagi “Sholikor”, “O‘choqli”, “Bunyodkor”, “Mashʼal” MFY hududlari hamda “Mustaqillik”, “Gulobod”, «Yangiturmush» MFY hududlarining bir qismi hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo‘lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi mumkin.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari tarkibidan o‘tkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkaziladi. Mazkur yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirilishiga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yangi tuman tashkil etilmoqda | Zamon.uz