AQSH Eronning Suriyadagi bazalariga zarbalar berdi
Qo‘shma Shtatlar Suriya janubi-sharqida, Iroq bilan chegara yaqinidagi ikkita Eron bazasiga havo hujumi uyushtirganini eʼlon qildi.

Qo‘shma Shtatlar Suriya janubi-sharqida, Iroq bilan chegara yaqinidagi ikkita Eron bazasiga havo hujumi uyushtirganini eʼlon qildi.
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning taʼkidlashicha, zarbalar Furot vodiysida, Mayadin va Abu Kamol aholi punktlarida joylashgan Eron Islom inqilobi gvardiyasi korpusi va Eronga aloqador qurolli guruhlar nishonlariga yo‘naltirilgan.
Ostin bayonotida zarbalar Amerika qo‘shinlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, yaʼni mintaqadagi Amerika bazalariga qilingan hujumlarga javob tariqasida berilgani aytiladi.
O‘tgan hafta o‘rtalarida AQSH Suriya sharqidagi yana bir nishonga — Maysulun mintaqasidagi o‘q-dorilar omboriga zarba berdi.







