Tailandda alkogolga qo'yilgan taqiq uzaytirildi
Mamlakatda sayyohlar oqimining keskin o'sishi kutilmoqda.

Tailand hukumati sayyohlar sonining ortishi kutilayotgani sababli yettita milliy bog‘da spirtli ichimliklar taqiqini uzaytirdi.
Tailandning Milliy bog'lar, yovvoyi tabiat va o'simliklar departamenti 2021 yilda taqiqni qabul qilgan edi.
Mazkur hududlarda spirtli ichimlik ichish 1000 baht (28 dollar) miqdorida jarima yoki bir oygacha qamoq jazosiga sabab bo'lishi mumkin.
Joriy yilning o'tgan o‘n oyida mamlakatga 22 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.
Noyabr oyi boshida hududda Rossiya fuqarolari uchun 90 kunlik yangi vizasiz rejim kuchga kirdi. Shundan keyin ruslar oqimi kuchaydi. Qoida 2024-yil 30-aprelgacha amal qiladi. Qirollik bu turizm sohasi daromadlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini kutmoqda.







