O'zbekiston

Bank tizimida yangi zanjir – raqobatchi paydo bo‘lmoqda

O‘zbekistonga mikromoliyaviy xizmatlar sohasini yana-da takomillashtirishga oid qaror qabul qilindi.

Bank tizimida yangi zanjir – raqobatchi paydo bo‘lmoqda

Aholi o‘rtasida qarz oldi-berdisi ming yillardan buyon mavjud moliyaviy munosabatlardan biri hisoblansa-da, bu munosabatlarni takomillashtirish tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, bu jarayonlarni qonuniy rasmiylashtirilishi qarz munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini oladi.

 

Bugungi kunda respublikada kredit munosabatlari nafaqat banklar, balki mikromoliya tashkilotlari va lombardlar orqali ham amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida, moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi.

 

Deyarli har birimiz u yoki bu ko‘rinishda kimdandir qarz olganmiz yoxud qarz berganmiz. Jismoniy shaxslar o‘rtasida oldi-berdi qarz munosabatlarining o‘ziga yarasha muammolari bo‘lib, masalan, qarz olgan shaxs qarz mablag‘larini qaytarishdan bo‘yin tovlashi mumkin.

   

Bunaqa vaziyatlarda mablag‘lar taqchilligining eng maqbul yechimi mikromoliya tashkilotlariga murojaat qilinishidir.

 

Mikromoliya tashkilotlari — bu boshqacha aytganda bankning kichik ukasi. Faqat kreditlash jarayoni birmuncha xalqchilroq.

 

Hozirda 84 ta mikromoliya tashkiloti faoliyat yuritmoqda, jami aktivlari miqdori 3,9 trln so‘mni (2021 yilning shu davriga nisbatan 3,3 barobarga oshgan) tashkil etadi.

 

Hududlar kesimida Toshkent shahri (33 ta), Farg‘ona viloyati (18 ta), Buxoro viloyati (8 ta), Xorazm viloyati (6 ta), Namangan viloyati (5 ta) Toshkent viloyati (4 ta) va Andijon viloyatida (4 ta) eng ko‘p tashkil etilgan mikromoliya tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

 

Endilikda bu kabi mikromoliya tashkilotlarini yana-da rivojlantirish hamda aholiga mikromoliyaviy xizmatlarni ommabopligini yana-da oshirish maqsadida jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga ajratiladigan mikroqarz miqdori ellik million so‘mdan yuz million so‘mga oshirildi. Buning natijasida aholining faol qismi mikromoliyaviy xizmatlardan foydalangan holda o‘zini o‘zi band qilishi yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi orqali tadbirkorlik subyektiga aylanishiga erishish mumkin.

 

Shuningdek, 2024-2026 yillarda mikromoliyalash bozori hajmini 5 barobarga oshirish, mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 mlndan ortiq tadbirkorni qamrab olishga erishiladi.

 

Mikromoliya tashkilotlarining jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilaridan  ustav fondiga kiritilgan hissa summasini ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etish orqali mikromoliya tashkilotlarining resurs bazasi ko‘paytiriladi.

 

Tasavvur qiling, ro‘zg‘oringiz uchun oz miqdorda nimadir sotib olishingizga to‘g‘ri keldi. Va buni tez amalga oshirmoqchisiz. Buning uchun albatta bozorga yoki katta supermarketga borishingiz shart emas, mahallangizdagi do‘kon ham bemalol ehtiyojingizni qondiradi. Mikromoliya tashkilotlari ham xuddi shu kabi aholidagi kichik miqdordagi moliyaviy ehtiyojlarni tezda, ortiqcha harakatlarsiz qondirish uchun juda zarur.

 

Albatta, mikromoliya sohasidagi qarorning qabul qilinishi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga moslashtirilishini taqozo etadi. Eng muhimi, mikromoliyaviy xizmatlar sohasini yana-da takomillashtirishga huquqiy asos yaratildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bank tizimida yangi zanjir – raqobatchi paydo bo‘lmoqda | Zamon.uz