Toshkentda Spark va avtobus to‘qnashdi
Qoidaga amal qilmay harakatlangan Spark haydovchisi YTH sodir etdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda yo‘lovchi avtobus va Spark to‘qnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17 noyabr kuni soat 14:30 larda "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi avtobusning 31 yoshli haydovchisi Olmazor tumani KXAY va Batumskiy ko‘chalari kesishmasida o‘z yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan bo‘lgan. Shu payt chorrahadan 2.4 yo‘l belgisiga amal qilmay harakatlanib kelgan Spark haydovchi G.N.avtotransport vositasi avtobus bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH natijasida avtobus va yengil avtotransport vositasi texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.







