BMT G‘azodagi maktablarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi
Ikkita maktabga qilingan hujumda 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo sektoridagi maktablarga uyushtirilgan hujumlarda ko‘plab bolalar qurbon bo‘lganini maʼlum qildi. Tashkilot bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi.
“MIR 24” nashrining yozishicha, Isroil mudofaa kuchlari Anklav shimolidagi ikkita taʼlim muassasasiga hujum qilgan.
Oqibatd 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Zarba paytida yuzlab tinch aholi binolarda boshpana topgan va ular bombardimon qilinishdan qo‘rqib, uylarini tashlab ketishgandi. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda binolar qisman vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Yo‘laklar yaradorlar bilan to‘lgan.







