Bosh vazir Bo‘stonliqda daraxt ekdi
Bu haqda "O‘zA" xabar bermoqda.

Bugun, 19-noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatlari ekish mavsumida ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda bodom, sadaqayrag‘och, eman, qrim sasnasi singari mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.







