Albaniya parlamentida yong‘in uyushtirildi
Bunga ish haqini oshirish mavzusi eʼtibordan chetda qolgani sabab bo‘lgan.

2024-yilgi byudjet rejasi bo‘yicha ovoz berish chog‘ida Albaniyada muxolif parlament aʼzosi jarayonni to‘xtatish uchun xonani tutun bilan to‘ldirib, kichik yong‘in ham chiqardi.
Holat Albaniya parlamenti spikeri Lindita Nikola yig‘ilish kun tartibini eʼlon qilishni boshlaganda yuz bergan. Muxolifat deputatlari ish haqini oshirish mavzusi eʼtibordan chetda qolganiga qarshilik bildirganligi aytilmoqda.
Parlament spekerining ularni tinchlantirishga qilgan urinishi zoye ketganidan so‘ng, byudjet loyihasi muhokamasiz qabul qilindi, deb yozadi ommaviy axborot vositalari.







