Salomatlik

Oshqozon saratonini erta bosqichda aniqlashning samarali usuli topildi

Dunyoda yiliga 1 milliondan ziyod odam oshqozon saratoni oqibatida halok bo‘lmoqda.

Oshqozon saratonini erta bosqichda aniqlashning samarali usuli topildi

 

Oshqozon saratoni dunyoda onkologik xastaliklardan o‘lim sabablari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Muammoning eng asosiy omili kasallik sezilarli alomatlarsiz paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Shu bois unga odatda ancha keng bosqichda tashxis qo‘yiladi.

 

Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlari izlanishlari endi bu muammoga yechim bo‘lishi mumkin. Negaki, ular oshqozon saratonini qondagi SDF4 oqsili yordamida aniqlash mumkinligini isbotladi.

 

Mazkur oson, arzon va tezkor diagnostika usuli orqali xastalikka hatto dastlabki bosqichlarida ham deyarli 90 foiz aniqlikda tashxis qo‘ysa bo‘ladi.

 

Shu maqsadda o‘tkazilgan tadqiqotga 80 nafar sog‘lom inson va saratondan aziyat chekayotgan 582 nafar bemor jalb qilindi.

 

Sinovlar jarayonida SDF4 oqsili darajasi oshqozon o‘smasiga chalingan bemorlar qoni tarkibida yuqori bo‘lishi qayd etildi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"