Yevropa Ittifoqi bahorgacha yiliga 1 million snaryad ishlab chiqarishga erishmoqchi

Mahsulotning 40 foizi Yevropadan tashqariga eksport qilinadi.

Yevropa Ittifoqi bahorgacha yiliga 1 million snaryad ishlab chiqarishga erishmoqchi

 

Bryusselda Yevroparlament aʼzolariga Yevropa Ittifoqining Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berish majburiyatlari mavzusiga oid sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton Yevropa Ittifoqidagi mudofaa korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati 2024-yil bahorigacha yiliga 1 million artilleriya snaryadiga yetkazishni reja qilayotganini maʼlum qildi.

 

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, kelgusi yil oxiriga borib bu ko‘rsatkich hatto 1,3-1,4 million snaryadni tashkil qilishi mumkin. Breton Yevropa Ittifoqining 15 davlatidagi harbiy-sanoat kompaniyalariga tashrif buyurganidan so‘ng shunday xulosaga kelganini taʼkidladi. 

 

Yevropa komissarining qo‘shimcha qilishicha, "muammo shartnomalar bilan bog‘liq". Chunki mahsulotlarning qariyb 40 foizi Yevropadan tashqarida uchinchi mamlakatlarga yetkazib beriladi. Barcha ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar Ukrainaga o‘tkazilishi uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari maxsus ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berishi kerak. Terri Bretonning taʼkidlashicha, bu aynan uning taklifi edi, afsuski, Yevropa Ittifoqi kengashi uni qo‘llab-quvvatlamadi.

 

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hozirda snaryadlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetarli miqdorda shartnomalar tuzmayapti.

 

"Biz Yevropa mudofaa bozorini bosqichma-bosqich qurmoqdamiz. Shartnomalarning imzolanishi Ukrainaga yetkazib berishni tezlashtiradi", — deya taʼkidladi Breton.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish tezlashmoqda. Yevropa Ittifoqi tezda qo‘shimcha quvvat yaratishi mumkin, biroq Ukrainaga yetkazib berish uchun birinchi navbatda siyosiy iroda kerak. 

 

Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar allaqachon Ukrainaga umumiy qiymati 27 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan. Bu misli ko‘rilmagan miqdor. 2022-yil mart oyi oxirida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel shunday dedi:

 

"Bizning maqsadimiz Ukrainaga keyingi 12 oy ichida bir million snaryad yetkazib berishdir. Yevropa Ittifoqining ushbu qo‘shma tashabbusi haqiqiy Yevropa mudofaasi yo‘lidagi muhim yangi qadamdir".

 

Ukraina Qurolli kuchlarini o‘q-dorilar bilan taʼminlash uchun Yevropa Ittifoqi Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 2 milliard yevro sarmoya kiritdi. Ukrainaga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zaxiralaridan kamida 300 ming dona o‘q-dorilar yetib kelgan. Bryussel mamlakatlar yangi qo‘shma xaridlar bo‘yicha shartnomalar tuzganini maʼlum qildi, ammo Yevrokomissiya ularning umumiy miqdori haqida maʼlumot bermagan. 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Yevropa Ittifoqi bahorgacha yiliga 1 million snaryad ishlab chiqarishga erishmoqchi | Zamon.uz