Jahon

AQSH — Kanada chegarasida avtomobil portlab ketdi, qurbonlar bor

Voqea tafsilotlarini Federal tergov byurosi o‘rganmoqda.

AQSH — Kanada chegarasida avtomobil portlab ketdi, qurbonlar bor

 

Niagara sharsharasi yaqinida AQSH va Kanada o‘rtasidagi Kamalak ko‘prigida (Rainbow Bridge) avtomobil portlab ketdi. Bu haqda Federal tergov byurosi (FTBxabar berdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi, deb taʼkidladi Amerikaning CNN va Fox News telekanallari politsiya xodimlariga tayanib. Bundan tashqari, Reuters agentligining xabar berishicha, AQSH chegara xizmatining bir xodimi yaralangan. 

 

Huquq-tartibot idoralari hodisa tafsilotlarini maʼlum qilmagan. Hozirda tergov harakatlari boshlangan. FTB vaziyat "tez rivojlanayotganini" bildirdi. 

 

Baʼzi OAV xabarlariga ko‘ra, AQSHdan Kanadaga ketayotgan avtomobil qarama-qarshi bo‘lakda katta tezlikda chegara o‘tish joyiga yaqinlashgan.

 

"Ikki davlat o‘rtasidagi to‘rtta chegara o‘tish punkti vaqtincha yopildi. Buffalo Niagara xalqaro aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirildi", — deya maʼlum qildi Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, terakt belgilari yo‘q. Kamalak ko‘prigi yopiqligicha qolmoqda, ammo qolgan o‘tish joylari bo‘ylab harakat tiklandi. 

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden voqea haqida xabardor qilingan, deya xabar berdi Oq uy. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo vaziyatni «juda jiddiy» deb atadi. 

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"