Prezident Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Davlat rahbari Bokudagi sammitda qatnashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.







