Surxondaryoda bugunning o‘zida 3-marta zilzila sodir bo‘ldi
Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi.

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 23 noyabr tongidan buyon 3-marta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Markaz soat 14:36 da 3-bor zilzila ro‘y berganini maʼlum qildi. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 67,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda m=3,9. Chuqurlik 10 km. Sezilish kuchi:
-
Qumqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 16 km;
-
Sho‘rchi tumanida 2−3 ball, 26 km;
-
Bandixon tumanida 2 ball, 31 km;
-
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 35 km;
-
Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.
Eslatib o‘tamiz, birinchi silkinish erta tongda — soat 04:28 da qayd etilgan. Magnituda 3,4 ni tashkil etgan. Ikkinchisi esa soat 14:08 da kuzatildi (magnituda — 3,5). Eʼtiborli jihati, har uchala silkinishning epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi.







