Britaniya razvedkasi noyabr oyida Rossiya armiyasining eng ko‘p yo‘qotishlarini qayd etdi
"Hozirgi katta yo‘qotishlarga, asosan, Rossiyaning Avdiyevka shahriga hujumi sabab bo‘ldi", — deb hisoblanmoqda.

2023-yilning noyabr oyi davomida rossiyalik harbiylarning yo‘qotishlari, Ukraina Bosh shtabi maʼlumotlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 931 kishini tashkil etadi, — deb yozadi Britaniya harbiy razvedkasi.
So‘nggi olti hafta ichida butun rus qurbonlari ko‘rsatkichlari urush davomidagi eng yuqori darajaga chiqqani kuzatildi. Ilgari Rossiya eng yuqori yo‘qotishlarga 2023-yil mart oyida Baxmutga hujum chog‘ida duch kelgan — kuniga o‘rtacha 776 kishi.
Britaniya harbiy razvedkasi halok bo‘lganlar va yaradorlarning umumiy sonini hisoblash metodologiyasini tasdiqlay olmasa-da, bu raqamlar ishonchli ko‘rindi, deyiladi xabarda.
Hozirgi katta yo‘qotishlarga asosan Rossiyaning Avdiyevka shahriga hujumi sabab bo‘ldi, — deb hisoblaydi Britaniya harbiylari.







