Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyani qabul qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


O‘zbekiston bilan Saudiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va keng ko‘lamli sheriklikni yana-da kengaytirish, shu jumladan oliy darajadagi kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv avvalida investitsiyalar vaziri O‘zbekiston yetakchisiga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo “yashil” energetika sohasiga Saudiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.

Saudiya taraqqiyot fondi ko‘magida sog‘liqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etilmoqda.

 

Saudiya delegatsiyasining bu galgi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

 

Yurtimizning turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xo‘jaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy taʼlim, mehnat migratsiyasi bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.

 

O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik hamkor bo‘lgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Prezidentimiz Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.

 

Shuningdek, vazir Holid al-Falixni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va har tomonlama ko‘magi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyani qabul qildi. | Zamon.uz