Siyosat

Yangi IES yiliga 1,1 milliard kubometr tabiiy gazni tejash imkonini beradi

Shavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalariga start berdi.

Yangi IES yiliga 1,1 milliard kubometr tabiiy gazni tejash imkonini beradi

 

 

Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Saudiyaning yetakchi “ACWA Power” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar — Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi.

 

Taʼkidlash joizki, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini taʼminlashga imkon beradi.

 

 

Bundan tashqari, mintaqamizda ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha o‘xshashi yo‘q korxona tashkil etilmoqda. Ushbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatimizda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral o‘g‘itlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.

 

Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

 

Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030 yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qilish va atmosferaga zararli moddalar tashlanmalarini 3 million tonnagacha qisqartirish imkonini beradi.

 

custom img

Narendra Modi 28-avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Tashrifdan so‘ng Hindiston bosh vaziri ShHT sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi.

custom img

Kaspiy tuguni: O‘zbekiston va Ozarbayjonning yagona logistika tizimi qanday shakllanmoqda

Boku porti Markaziy Osiyodan Yevropaga yuk tashishda muhim tranzit markaziga aylanishi kutilmoqda.

custom img

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham halok bo‘lgan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Narendra Modining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Baxtiyor Saidov Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hindistondagi hukumat vakillari bilan muzokara o'tkazish uchun Nyu-Dehliga bordi.

custom img

Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSH strategik sherikligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

custom img

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"