Farg‘onada 4 ta mashina YTHga uchradi
To‘qnashuvga quyuq tuman sabab bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 4 ta mashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Cobalt‘ga Nexia-2, Tico va Hyundai Porter rusumli avtomobillar kelib urilgan.
YTHga haydovchilar oraliq masofani saqlamagani ham sabab bo‘lgan.
Oqibatda Tico haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.







