“Kosmonavtlar”da qisqa tutashuv bo‘ldi
“Toshkent metropoliteni” DUK holatga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 28-noyabr kuni “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK izoh berdi: "Joriy yilning 28 noyabr sanasida “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarda qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat masʼullar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan".
Yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga taʼsir qilgani yo‘q. Metropolitenning “Kosmonavtlar” bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda.







