Moskvani qor qopladi
Noqulay ob-havo tufayli kamida 63 ta reys kechiktirildi.

Moskva shahrini dushanba kuni ertalab kuchli qor qopladi. Shaharning baʼzi qismlarida transport harakati to‘xtagan va bu piyodalar uchun muammolar tug‘dirmoqda.
Hozirgacha Moskvaning Vnukovo, Domodedovo va Sheremetevo aeroportlarida qor yog‘ishi sababli kamida 35 ta reys kechiktirildi, yana to‘rttasi bekor qilingan.
Noqulay ob-xavo tufayli dushanba kunining o‘zida Vnukovo va Domodedovoga 14 tadan, jami 28 ta reys kechiktirildi. Shahar meri Sergey Sobyanin xavfsizlikni saqlash maqsadida aholidan iloji boricha shaxsiy avtomashinalari o‘rniga jamoat transportidan foydalanishlarini so‘radi. Mutaxasislarning bergan maʼlumotiga ko‘ra, qor yog‘ishi keyingi ikki hafta ketma-ket davom etishi kutilmoqda.







