Siyosat

Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston — Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.

Mirziyoyev va Putin telefon orqali suhbatlashdi

 

29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7 oktyabr kunlaridagi Rossiya Federatsiyasiga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdilar.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish surʼati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.

 

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sog‘liqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishladilar.

custom img

O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!” – deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

custom img

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

custom img

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"