Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyadagi hamkasbi Devid Kemeron bilan uchrashdi
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda mustahkamlash borasida fikr almashildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.
“Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uchrashib, O‘zbekiston - Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdan mamnunmiz.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarimizni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqdik”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.







