Siyosat

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

U shu paytga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi tayinlandi

 

Bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga yetib bordi.

 

Karomidin Gadoyev 2018—2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmanov o‘rnini egalladi.

 

Diplomat 1964 yilda Buxoro viloyati Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.

 

U 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

 

Shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

custom img

O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!” – deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

custom img

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

custom img

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"