O'zbekiston

Bugundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi taqdim etildi.

Bugundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

 

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda

 

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga, BHM – 3 foizga oshmoqda. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 so‘mni tashkil etadi.

 

Aholi va biznesdan bir qator maʼlumotlarni talab qilish to‘xtatiladi

 

Aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 47 turdagi maʼlumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Tegishli maʼlumotlarni «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda olish mumkin.

 

Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda

 

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi milliy naqd valyuta va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi (ilgari bu miqdor 70 million so‘mni tashkil etgan).

 

Ayrim davlat xizmatlari MIZ direksiyalari tomonidan ko‘rsatiladi

 

Quyidagi davlat xizmatlari, YAIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:

 

  • investitsiya loyihalarini joylashtirish;

  • ishtirokchilarni ro‘yxatga olish;

  • investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.

 

Nasldor chorva mollariga QQS to‘lash tizimi o‘zgarmoqda

 

Chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan QQSni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etiladi. 

 

«Tashqi reklama» raqamli monitoringi ishga tushiriladi

 

Reklama joyi pasportini shakllantiruvchi «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda.

 

Auksion natijalari bo‘yicha to‘lov hamda reklamani joylashtirish uchun yig‘im o‘rniga miqdori ochiq elektron auksion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yig‘im kiritilmoqda. 

 

Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

 

Magnitudasi 5 va undan yuqori balli zilzilalar ro‘yxatga olinganda «Kuchli zilziladan ogohlantirish» mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

 

Sport maktablarga qabul davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali

 

Davlat sport-taʼlim muassasalariga;

 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirishni endilikda davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali ko‘rsatiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bugundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? | Zamon.uz