Shavkat Mirziyoyev Dubayda yuqori martabali shaxslar bilan noformal uchrashuvda — foto
Bugun Mirziyoyev Dubay shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zlaydi.

O‘zbekiston prezidenti BMTning iqlim sammiti tadbirlari boshlanishidan oldin BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zayd Ol Nahayon, Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri va Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan ham uchrashdi.

Toni Bler 1997—2007 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. Jon Kerri esa 2013—2017-yillarda AQSH davlat kotibi bo‘lgan.











