Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Dubayda bir nechta delegatsiyalar bilan uchrashdi

Uchrashuv yakunida prezident Muhammad Jamil al-Ramahiyga Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Dubayda bir nechta delegatsiyalar bilan uchrashdi


Davlat rahbari 2-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari investitsiya vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy,  “Amea Pover” kompaniyasi raisi Husayn Al-Novays boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda  “TAQA” kompaniyasi rahbari Jasim Husayn Tabet va “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy ham qatnashdi.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Energetika sektoridagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Tashrif doirasida bu yo‘nalishda “Masdar” kompaniyasi bilan Strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

 

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil al-Ramahiyga ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlari rivojiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

 

Mamlakatimizda, eng avvalo, “yashil” energetika va turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyat yuritish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Narendra Modining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Baxtiyor Saidov Narendra Modining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Hindistondagi hukumat vakillari bilan muzokara o'tkazish uchun Nyu-Dehliga bordi.

custom img

Baxtiyor Saidov AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

O‘zbekiston va AQSH strategik sherikligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

custom img

Issiqko‘lda Markaziy Osiyoda ilk bor F1H2O jahon chempionati bosqichi boshlandi

Ochilish marosimida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari ishtirok etdi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yagona taraqqiyot makonini shakllantirishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

custom img

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi

Tashrif yakunida Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga an’anaviy qirg‘iz milliy musiqa asbobi — changqo‘bizni sovg‘a qildi.

custom img

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubiga tashrif buyudi

Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

“Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"