Uchta zapravka davlatga 34 mlrd zarar yetkazdi
2 ta holat Toshkent viloyatida aniqlangan.

Poytaxt va Toshkent viloyatida 3 ta gaz zapravka davlatga 34,6 milliard so‘mlik zarar yetkazdi.
Aniqlanishicha, Bektemir tumanidagi bitta, Yuqori Chirchiqdagi 2 ta AGTKSH gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatiga 34 millard 600 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etilgan.







