“Yomon yangiliklarga tayyor turishimiz kerak”
Stoltenberg Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

G‘arb Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirmasa, mamlakat uchun holat yomonlashishi mumkin. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning fikricha, mojarolar bosqichma-bosqich avj olyapti. Ammo tashkilot Ukrainani har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashi kerak.
"Yomon yangiliklarga tayyor turishimiz kerak. Kiyev "tanqidiy vaziyatda", — dedi u.
Stoltenberg Ukraina qurolli kuchlari bu vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqidagi savolga javob bermagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, murakkab va tezkor qarorlar Kiyev tomonidan qabul qilinishi kerak.







