Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
Tashrifning asosiy voqealari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat Bosh vazirlari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus biznes-forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.







