Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan qutladi
Bugun, 6 dekabr kuni Sadir Japarov 55 yoshga to‘ldi. U 2021 yil boshidan beri qo‘shni davlatga rahbarlik qilmoqda.

“Biz sizni qardosh qirg‘iz xalqining yuksak ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lgan buyuk davlat arbobi, vatanparvar va dono siyosatchi sifatida yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz”, — deyiladi tabriknomada.
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘iziston rahbariga uzoq umr, oilaviy baxt va masʼuliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Bugun, 6 dekabr kuni Sadir Japarov 55 yoshga to‘ldi. U 2021 yil boshidan beri qo‘shni davlatga rahbarlik qilmoqda.







