“Tozalov” reydlari Xorazmda davom etmoqda
Tadbirlarda 15 kishi qo‘lga olindi.

Xavfsizlik xizmatlari Xorazm viloyati hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolarni aniqlab, gumondorlarning yashash uylarida tintuv o‘tkazgani maʼlum qilindi. Unda 4,8 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, bita va kastet ashyoviy dalil qilib rasmiylashtirilgan.
Holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan va dastlabki tergov olib borilmoqda. Bundan tashqari, tezkor-profilaktik tadbirlarda tergov va suddan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs ham ushlangan.







