O'zbekiston

“Toshkent-Samarqand” pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi

Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali “Avtomagistral” talablari asosida quriladi.

“Toshkent-Samarqand” pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi

 

Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.

 

Ushbu mablag‘lar hisobidan Avstriyaning “ILF Consulting Engineers Austria GmbH” kompaniyasi tomonidan loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatni ishlab chiqish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 1,5 mln yevro miqdoridagi mablag‘lar ajratildi.

 

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tender savdo natijalariga ko‘ra Turkiyaning PROYAPI kompaniyasi g‘olib deb topilib, 1 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolangan. Bugungi kunga qadar konsultant tomonidan dastlabki hisobot va investisiya oldi o‘rganish loyihasi taqdim etilgan hamda ishchi guruh tomonidan qabul qilingan. Loyihaning umumiy uzunligi 305 kilometrni tashkil qilmoqda.

 

Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali “Avtomagistral” talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

 

“Toshkent-Samarqand” pullik avtomobil yo‘li qurilishi natijasida harakat jadalligi taqsimlanishiga olib keladi. Yo‘l qoplamasining yuk ko‘tarish qobiliyati xalqaro standartlar bo‘yicha 13 tonna hisobida amalga oshiriladi hamda avtomobil yo‘lining xizmat qilish muddati 25 yil etib belgilangan.

 

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"