Siyosat

Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Shu yil may oyida Toshkentda Qatar davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

 

Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi.

 

Dohada O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, mamlakatlar rahbarlari saʼy-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanmoqda.

 

Shu yil may oyida Toshkentda Qatar davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

 

“Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deb yozadi tashqi ishlar vaziri.

 

Maʼlumot uchun, vazir Dohada bo‘lib o‘tayotgan “Umumiy kelajakni bunyod etish” mavzusida bo‘lib forumida ishtirok etdi.

 

Shuningdek, Qatar Davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi Vasiylik kengashi rahbari Ali Bin Fetais Al-Marri bilan uchrashdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli masalalar, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

 

Qolaversa, Qatar Islom banki ijrochi direktori janob Bassel Gamal bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar kun tartibidan investitsiya loyihalarini ilgari surish, bilim almashinuvini tashkil etish, zamonaviy bank va moliya xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma vositalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi | Zamon.uz