O'zbekiston

Prezident Toshkentdagi mahallalarga bordi

Davlat rahbari mutasaddilar bilan muloqot qilgan.

Prezident Toshkentdagi mahallalarga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi.

 

Dastlab «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markazi borib ko‘rildi. Davlat rahbari bundan roppa-rosa bir yil oldin bu yerga kelganida ahvol juda ayanchli edi. Bu markaz 1969 yilda qurilgan, shundan buyon kapital taʼmirlanmagan. Qozonxona ham, tarmoqlar ham eskirgan edi. O‘tgan qishda havo keskin sovigan paytlarda issiqlik ishlab chiqarish muammo bo‘lgandi. Shu bois Prezident tarmoqlarni taʼmirlash va barqarorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

 

Bu galgi tashrif chog‘ida mutasaddilar shu haqda axborot berdi. Berilgan topshiriqlar to‘la amalga oshirilgan. Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq ko‘p qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

 

Joriy yilda mazut xo‘jaligi va sig‘imlari qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirilgan. Bular natijasida qozonxona va tarmoq sovuq haroratda ham barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi ham kamaygan.

 

Davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning o‘zida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligi taʼkidlandi.

 

Jumladan, qishga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rilgan choralarni ham odamlar sezishi kerak. Issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etib borish, bino va xonadonlarda issiqlikni asrash dolzarb vazifa ekani qayd etildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Toshkentdagi mahallalarga bordi | Zamon.uz