Talabalarga poyezd chiptasi uchun chegirma e’lon qilindi
"Afrosiyob" elektropoyezdi chiptalari bundan mustasno.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun 50 foizlik chegirmalarni e’lon qildi.
Chegirmalar 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan davrda barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari uchun amal qiladi.
Faqat SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi chiptalari bundan mustasno.







