Jahon

BMT G‘azodagi urushni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiluvchi hujjatni qabul qildi

O‘zbekiston ham rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.

BMT G‘azodagi urushni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiluvchi hujjatni qabul qildi

 

Bosh Assambleyadagi bu ovoz berish Qo‘shma Shtatlar o‘tgan hafta Xavfsizlik Kengashida Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan ilgari surilgan o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga to‘sqinlik qilib, veto qo‘yganidan keyin bo‘lib o‘tdi.

 

Xavfsizlik Kengashidan farqli o‘laroq, hech bir davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha aʼzolarini(jami 193 mamlakat) o‘z ichiga olgan Bosh Assambleyada veto huquqiga ega emas.  Shuningdek, Xavfsizlik Kengashidan farqli o‘laroq, Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalar majburiy emas va xalqaro huquq kuchiga ega emas.  Shunga qaramay, u xalqaro munosabatlarda maʼlum bir siyosiy vaznga ega.

 

Mazkur rezolyutsiya Misr tomonidan ishlab chiqilgan va 100 ga yaqin davlatlar tomonidan ilgari surilgan.  Bu zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi qisqa va sodda rezolyutsiya. 

 

Ovoz berishdan oldin AQSH va Avstriya rezolyutsiyaga HAMASning 7 oktyabrdagi teraktlarini ochiqdan-ochiq qoralovchi tuzatishlar kiritishga harakat qilishdi. Ular ushbu tuzatishlar rezolyutsiya matniga kiritilishi uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik ovoziga erisha olmadi.

 

Shundan so‘ng Bosh Assambleya zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi Misrning dastlabki rezolyutsiyasiga ovoz berdi.  Qaror ko‘pchilik ovoz bilan maʼqullandi: 153 davlat yoqladi, 10 davlat qarshi, 23 davlat betaraf.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"