5 oy avval ishdan olingan rais bosh muhandis bo‘ldi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» tizimida tayinlovlar amalga oshirildi.

Besh oy avval «faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan «O‘zbekiston temir yo‘llari» sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi.
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq:
Narzullayev Zufar G‘iyasovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi lavozimiga;
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l obyektlarini taʼmirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.







