Kimlarga poyezdda yurishda imtiyozlar berilgan?
Imtiyoz beriladigan toifalar qonunchilikda belgilangan.

Qonunchilikka ko‘ra, temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga 1 marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:
➖ 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
Shuningdek, ayrim shaxslar temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurishi (borish va kelish) mumkin:
➖ yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar;
➖ ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
➖ Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga.







